Pochettinoga yana yangi futbolchi kerak

«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasining transfer oynasining qolgan kunlaridagi asosiy maqsadi haqida gapirdi. “Ko‘klar” yangi hujumkor futbolchi sotib olmoqchi.

«Bizga butun chiziq bo‘ylab o‘ynay oladigan futbolchi kerak. Bu maydonning turli qismlariga muvozanat qo‘shadigan to‘g‘ri profilga ega futbolchi bo‘lishi kerak», – dedi Pochettino «Luton» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» so‘nggi kunlarda «Nottingem Forest»dan Brennan Jonsonni sotib olish bilan faol shug‘ullanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter