Osimxen faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin

«Napoli» hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi TalkSport.

Manbaga ko‘ra, «Chelsi» neapolliklar klubida mojaroga uchragan 24 yoshli nigeriyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Forvard «Napoli»ning rasmiy TikTok akkauntidagi o‘zini masxara qilgan video uchun o‘z klubini sudga bermoqchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter