Rossiyalik hujumchi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin edi

Rossiyalik hujumchi Aleksandr Kokorin faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega edi.

Sport24 jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, «Fotih Karagyumryuk» «Fiorentina»ning 32 yoshli hujumchisini ijaraga olmoqchi edi. Turk klubi Kokorinning Florensiya klubi bilan shartnomasi yakunlangunga qadar uning maoshidan 600 ming yevro to‘lashga tayyorligini bildirdi.

Shartnoma muddati tugagach, «Fotih Karagyumryuk» Aleksandr bilan to‘liq shartnoma imzolashni rejalashtirgandi. Biroq bu taklif Kokoringa ma’qul kelmadi va futbolchi rad javobini berdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter