Amrabatning bolalikdagi orzusi ushaldi
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Sofyan Amrabat ingliz klubiga o‘tganidan keyin orzusi ushalganini ta’kidladi.
“Bu mening bolaligimdan orzuim – “Manchester Yunayted”. Men jamoaga, hatto darvozabon pozisiyasida ham yordam bera olishga tayyorman! Men jamoa emblemasi uchun o‘ynayman”, — deya Amrabat so‘zlarini keltirgan jurnalist Fabrisio Romano.
27 yoshli marokashlik yozgi transferlar oynasi oxirida «Fiorentina»dan ijara asosida «Manchester Yunayted»ga o‘tdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/