Ten Xag: «Bizga bu g‘alaba kerak edi»
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoasining «Byornli»ga (1:0) qarshi o‘yindagi harakatlarini yuqori baholadi.
“Qizil iblislar” 45-daqiqada Brunu Fernandesh kiritgan yagona gol evaziga muvaffaqiyat qozondi.
“Bizga bu g‘alaba kerak edi. Kuchli raqiblarga qarshi ketma-ket omadsiz o‘yinlar o‘tkazdik va bu o‘yinlarning har birida ham mag‘lub bo‘lishga loyiq emasdik. Bugungi o‘yinda g‘alaba biz uchun majburiy edi. Menga futbolchilar ko‘rsatgan jamoaviy ruh yoqdi – ular bir-birini qo‘llab-quvvatlashdi, hujum qilishdi va birgalikda himoyalanishdi”, dedi “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/