Ten Xag: «AQSH safari jamoa uchun foydali bo‘ldi»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag Dortmundning «Borussiya» jamoasiga (2:3) qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinidan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘yinning birinchi soati yaxshi o‘tdi. Biz jamoa bo‘lib o‘ynadik, dinamika ko‘p, yaxshi bosim bor edi, tomosha qilish yoqimli edi. Tanaffusda jamoaga aytmoqchi bo‘lgan gapim shu edi, ammo bo‘lim oxirida biz kutilmaganda raqibga ikkita gol urishga imkon berdik.

Bu meni xafa qildi, lekin oxirgi yarim soat juda omadsiz bo‘ldi. Pressing bilan ham, hujumlar tashkil qilish bilan ham muvaffaqiyatga erisha olmadik. Maydonda atigi 11 nafar futbolchi bor edi, har biri o‘zi uchun o‘ynadi. Biz to‘pni mas’uliyat bilan nazorat qilishimiz kerak. Bugun o‘rtoqlik o‘yini bo‘lsa ham bunday xatolarga ko‘z yuma olmaymiz. Lekin o‘ylaymanki, umuman olganda, AQSH safari jamoa uchun foydali bo‘ldi.

37-daqiqada Omari Forsonni almashtirish tarbiyaviy maqsadda amalga oshirildi. Agar o‘yinda VAR mavjud bo‘lsa, uni chetlatib yuborish mumkin edi. U yaxshi o‘yin o‘tkazdi, lekin provokasiyaga uchdi. Bunga javob berishning eng to‘g‘ri yo‘li yomon niyatda javob qaytarish emas, balki gol urish orqali raqibni mag‘lub etishdir. Bu unga saboq bo‘lishi kerak», – dedi ten Xag klub rasmiy saytiga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter