Veyga Ronaldu bilan suratga tushish uchun uni «An-Nasr» kiyim almashtirish xonasida kutdi
“Al-Ahli” hujumchisi Gabri Veyga Saudiya Arabistoni chempionatining 6-turida “An-Nasr”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (3:4) hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan suratga tushish uchun raqibning kiyinish xonasida kutayotgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 21 yoshli ispaniyalik futbolchining suratga tushish uchun kiyim almashtirish xonasi eshigi oldida kutayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Ushbu bahsda portugaliyalik yulduz dubl qayd etdi.
“An-Nasr” 15 ochko jamg‘arib, Saudiya Arabistoni chempionatida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Al-Ahli” esa 6-o‘rinda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/