Ispaniyalik yosh iqtidor ham Saudiya klubiga o‘tadigan bo‘lyapti

«Selta» yarim himoyachisi Gabri Veyga «Al-Ahli»ga o‘tadi.

21 yoshli futbolchi Italiyaning «Napoli» klubiga o‘tishga yaqin edi, biroq transfer amalga oshmay qoldi. Insayder Fabrisio Romanoga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi «Al-Ahli»ga o‘tadi. «Selta» Saudiya klubi taklifiga allaqachon rozi bo‘lgan, futbolchining o‘zi esa shartnomaning shaxsiy shartlarini qabul qilgan.

Gabri Veyga La Ligada 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Ispaniyalik futbolchining transfer narxi Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 30 million yevroga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter