«Betis» himoyachisi: «Barselona» va «Reynjers»ga qarshi o‘yinlardan so‘ng navbatdagi bahsda g‘alaba qozonishimiz shart»

“Betis” himoyachisi Ektor Belyerin Yevropa Ligasi doirasida “Reynjers”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat (0:1) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Barselona» va «Reynjers»ga yutqazganimizdan so‘ng, keyingi o‘yinda albatta g‘alaba qozonishimiz kerak. Biz bu jamoa bilan o‘zgacha narsa qurmoqdamiz, ammo endi g‘alaba qozonishni boshlashimiz muhim», – deya Belyerin so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter