«Inter Mayami» bosh murabbiyi: «Messining gollari meni ajablantirmaydi»

«Inter Mayami» bosh murabbiyi Xerardo Martino argentinalik hujumchi Lionel Messining navbatdagi goli haqida fikr bildirdi.

«Messining goli? Bilasizmi, bu meni endi ajablantirmaydi. Lionelning formasi har bir o‘yinda yaxshilanadi. U o‘yinlar oxirida yaxshilanib bormoqda», – deydi murabbiy.

Messi «Inter Mayami» safida 9 ta o‘yinda 11 ta gol urgan. Uning hisobida uchta golli uzatma ham bor.

Lionel ushbu yozda Florida jamoasiga ko‘chib o‘tdi va 2025 yil oxirigacha shartnoma imzoladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter