Vlaxovich yana «Yuventus» loyihasining asosiy figurasiga aylandi

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Dushan Vlahovich yana Massimiliano Allegri jamoasi loyihasining markaziy figurasiga aylandi. Jurnalist Nikola Balisning ma’lumotlariga ko‘ra, jamoa rahbariyati allaqachon serbni daxlsiz deb biladi.

Qayd etilishicha, Vlahovichning o‘zi endi «Yuventus»da uzoq yillar qolishni istamoqda. Eslatib o‘tamiz, yozda futbolchi va klub yo‘llarini ajratishga tayyor edi, biroq Dushanga qiziqqan birorta jamoa kerakli 80 million yevro tovon pulini to‘lay olmadi.

Vlahovich A seriyaning dastlabki 4 turida 4 ta gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter