«Chelsi» APLda allaqachon 37 ta futbolchini maydonga tushirdi

Londonning «Chelsi» klubi allaqachon Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumida 37 ta futbolchi xizmatidan foydalanib bo‘ldi.

Evening Standard jurnalisti Nizar Kinsella Opta Sport nashriga tayanib xabar berishicha, Lesli Ugochukvu «aristokratlar»ning APL joriy mavsumida maydonga tushgan 37-futbolchi bo‘ldi.

19 yoshli fransiyalik futbolchi Angliya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan “Bornmut”ga (0:0) qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Avvalroq u faqatgina 30 avgust kuni Angliya Liga kubogi doirasidagi «Uimbldon» bilan (2:1) uchrashuvida maydonga tushgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter