«Arsenal» o‘z futbolchisini «Chelsi»ga sotish g‘oyasidan voz kechdi
«Arsenal» o‘z yarim himoyachisi Emil Smit-Rouni «Chelsi»ga sotishdan voz kechmoqda.
Shu hafta boshida «Chelsi» yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar yana bir hujumkor futbolchini olib kelmoqchi ekani, ro‘yxatda Smit-Rou, shuningdek, «Barselona»dan Rafinya va Ferran Torres borligi xabar qilingandi.
Hatto OAVda «Arsenal» Smit-Rouni Mixail Mudrikga almashtirishi mumkinligi haqida aql bovar qilmaydigan mish-mishlar paydo bo‘ldi.
Biroq, Evening Standard nashrining xabariga ko‘ra, Smit-Rou sotilmaydi va «Chelsi» allaqachon e’tiborini boshqa o‘yinchilarga qaratgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/