«Arsenal» Balogunni APL klubiga sotish niyatida emas

Londonning “Arsenal” klubi hujumchi Folarin Balogunni Angliya Premyer-ligasining boshqa klubiga qo‘yib yuborish niyatida emas.

22 yoshli futbolchiga Angliya chempionatining ko‘plab vakillari, jumladan, «Chelsi», «Vest Xem» va «Tottenxem» qiziqish bildirishgan – har uchala klub ham hujumchi uchun so‘rov bilan chiqishgan. Jurnalist Sami Mokbelning so‘zlariga ko‘ra, «Arsenal» Balogunning Premyer-liganing boshqa klubiga sotilishini faqat xaridorlar boshqa chempionatlardan da’vogarlarga nisbatan ancha qulay shart-sharoitlarni taklif qilgan taqdirdagina ma’qullaydi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Folarin Balogun 30 mln yevroga baholangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter