«Nyukasl» «Man Siti» transfer rejasini barbod qilmoqchi

«Nyukasl» «Vest Xem» yarim himoyachisi Lukas Paketa xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Daily Mail.

Manbaga ko‘ra, «qarg‘alar» qishda 26 yoshli braziliyalik uchun taxminan 52 million funt to‘lashga tayyor.

Yozgi transfer oynasi vaqtida Paketaning transferi bo‘yicha muzokaralarni «Manchester Siti» olib bordi, biroq futbolchiga qarshi APL o‘yinlariga pul tikish ayblovlari tufayli transfer muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

2023/24 yilgi mavsumda Paketa Premyer-liganing 5 ta uchrashuvida 1 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter