Bekxem Maguayrni qo‘llab-quvvatladi
Devid Bekxem Xarri Maguayrni qo‘llab-quvvatladi.
The Sun nashrining yozishicha, Angliya terma jamoasining sobiq sardori Maguayrni qo‘llab-quvvatlash xabarini yuborgan. Bekxem Maguayrni chidamliligi uchun maqtab, unga trollarga e’tibor bermaslikni maslahat berdi va «Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi himoyachisi bosimga dosh bera olishiga ishonch bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Bekxem kabi odamning qo‘llab-quvvatlashi Maguayr uchun katta ahamiyatga ega.
Eslatib o‘tamiz, Devid Bekxem ham JCH-1998 doirasida Argentinaga qarshi o‘yinda Angliyaning penaltilar seriyasida mag‘lubiyati bilan yakunlangan o‘yinda maydondan chetlatilganidan so‘ng keskin tanqidlarga uchragan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/