Koman Pogbani qo‘llab-quvvatladi

Fransiya terma jamoasi vingeri Kingsli Koman doping-testdan o‘ta olmagan hamyurti Pol Pogba bilan bog‘liq mojaroga javob qaytardi.

“Biz hammamiz Polni qo‘llab-quvvatlaymiz. Pogba mening yaqin do‘stim, men uni yaxshi bilaman. Uning bu ishni ataylab qilganiga ishonmayman», – dedi qanot hujumchisi.

Avvalroq, Italiya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan Turinning “Yuventus” – “Udineze” uchrashuvidan so‘ng Pogba doping-testdan ijobiy o‘tgani ma’lum bo‘lgan edi. Fransiyalik yarim himoyachi tez orada uning tanasida taqiqlangan dorilar bor-yo‘qligi uchun qayta tekshiruvdan o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter