Alaba Bellingemning darajasini baholadi

Madridning “Real” klubi himoyachisi David Alaba jamoadoshi Jud Bellingemning o‘yini haqida gapirdi.

Mavsum boshlanishidan oldin «Borussiya Dortmund»dan transfer qilingan 20 yoshli angliyalik futbolchi «Real Madrid» uchun to‘rtta o‘yinda beshta gol urdi.

“Men Judni allaqachon jahon darajasidagi futbolchi sifatida ko‘rmoqdaman. Uning dastlabki o‘yinlardagi harakati uning xarakteri haqida ko‘p narsani aytadi. U o‘yinni juda yaxshi tushunadi, bu hatto mashg‘ulotlarda ham seziladi. Bellingem o‘z yoshiga nisbatan juda uzoqni ko‘ra oladi, u xato qilmaydi va uning barcha harakatlari ma’noga to‘la. Bundan tashqari, u shunchaki ajoyib yigit. Uni porloq kelajak kutmoqda”, – dedi Alaba Bild nashriga bergan intervyusida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter