Risharlison yig‘lab yubordi
8 sentyabrdan 9 sentyabrga o‘tar kechasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Braziliya va Boliviya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi va «Selesao» yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Neymar, Rodrigo hamda Rafinya mualliflik qildi.
Bu o‘yin «Tottenxem» hujumchisi Risharlison uchun omadsiz bo‘lib chiqdi. U hech qanday gol ura olmadi va ikkinchi bo‘limning o‘rtalarida almashtirildi. Hujumchi o‘zini zaxira o‘rindig‘ida ko‘rib, hafsalasi pir bo‘lib yig‘lab yubordi.
Braziliyaning navbatdagi saralash o‘yini Peruga qarshi mehmonda bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/