AQSH ayollar terma jamoasi futbolchisi JCH-2023dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng yig‘lab yubordi
AQSH ayollr terma jamoasi hujumchisi Megan Rapino terma jamoasi 2023 yilgi jahon chempionatini tark etganidan keyin yig‘lab yubordi.
Futbolchini amakivachchasi Ostin yupatdi. Tarixda birinchi marta AQSH ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida medallarsiz qoldi.
AQSH – Shvesiya uchrashuvining 120 daqiqasi davomida jamoalar birorta ham gol urishmadi. Penaltilar seriyasida Rapino o‘z jamoasi tarkibida to‘rtinchi bo‘lib zarba berdi. Shvedlar penaltilar seriyasida 5:4 hisobida g‘alaba qozonayotgan payt Megan noaniq zarba berdi.
Eslatib o‘tamiz, Shvesiya uch o‘yinda to‘qqiz ochko jamg‘arib, G guruhida birinchi o‘rindan pley-offga yo‘l oldi. AQSHliklar besh ochko bilan YE guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi.
2023 yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati 20 iyuldan 20 avgustgacha Yangi Zelandiya va Avstraliyada bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/