«Inter» braziliyalik darvozbon bilan shartnoma imzolamoqchi

«Atletiko Paranaense»ning braziliyalik darvozaboni Bento faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu haqda Calciomercato jurnalistlariga ma’lum bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, «Inter» kamerunlik Andre Onananing «Manchester Yunayted»ga sotilganidan keyin unga o‘rinbosar sotib olmoqchi. Braziliya klubi agar darvozabon uchun o‘n million yevro taklif qilinsa, uni sotishga tayyor.

Braziliya chempionatining joriy mavsumida Bento 16 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter