Martino: «Messi futbol ritmini o‘zgartirdi»

Amerikaning «Inter Mayami» klubi ustozi Tata Martino Lionel Messining o‘yinidan mamnun. Unga, ayniqsa, Messining jarima zarbalarini tepishi yoqadi.

«Jarima zarbasi gol degani emas. Ilgari shunday edi – jarima zarbasi gol urish uchun 10 foiz imkoniyat, 90 foiz gol kiritilmaydi degan taxmin bor edi.

Endi Messi bilan buning teskarisi bo‘ldi – jarima zarbasi golning 90 foizi, omadsizlikning esa atigi 10 foizi. Messi futbol ritmini o‘zgartirdi.

Biz bu javohirdan unumli foydalanishimiz kerak», – deya argentinalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Italiyaning ITASportPress axborot agentligi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter