Valverde Ugartening o‘yiniga baho berdi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde urugvaylik jamoadoshi Manuel Ugarteni maqtadi.
Iyul oyida Lissabonning «Sporting» klubidan 60 million yevro evaziga shartnoma imzolagan 22 yoshli parijlik yangi futbolchi Luis Enrike qo‘l ostida tezda «PSJ»da o‘zini namoyon qildi. Valverdening fikriga ko‘ra, Ugarteni allaqachon yarim himoyadagi yetakchi futbolchilar qatoriga kiritish mumkin.
«Menimcha, Ugarte hozir dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri», – dedi «Real» futbolchisi Chili qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida.
Manuel Ugarte «PSJ» safida 4 ta o‘yinda ikkita golga assistentlik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/