Irankundaga «Bavariya» qiziqish bildirmoqda
«Bavariya» «Adelaida Yunayted» hujumchisi Nestori Irankunda bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda, deb yozdi jurnalist Kerri Xau tvitterda.
Myunxen klubi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. 17 yoshli avstraliyalikning o‘zi 2024 yilda balog‘at yoshiga yetishi bilan Myunxenga ko‘chib o‘tmoqchi.
2022/23 yilgi mavsumda Nestori barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/