«Everton» A Seriya klubiga 30 million yevro taklif qildi

«Udineze» hujumchisi Betu «Everton»ga o‘tishi mumkin.

Avval xabar qilinganidek, “irislar” portugal uchun 25 million yevro taklif qilishgan, biroq rad javobi berilgan. Fabrisio Romanoning yangilangan hisobotiga ko‘ra, «Everton» yangi 30 million yevro taklif bilan qaytdi. «Udineze»ning so‘rovi o‘zgarishsiz qolmoqda – tovon puli bandida ko‘rsatilganidek, 35 million. Ammo, manbaga ko‘ra, klublar bonuslar tuzilmasini hal qilsalar, kelishuvga erishishlari mumkin.

Betu «Udineze» safida barcha musobaqalarda 65 ta o‘yinda 22 ta gol urgan. Transfermarkt portali 25 yoshli hujumchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter