«Atletiko» klub rekordini o‘rnatdi

«Atletiko» Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida «Rayo Valyekano» klubi mehmoni bo‘lib, 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Gollarga Alvaro Morata (dubl), Antuan Grizmann, Memfis Depay, Nauel Molina, Anxel Korrea va Markos Lyorente mualliflik qildi.

Bu esa «matraschilar» uchun klub tarixidagi safarda qozonilgan eng yirik g‘alaba bo‘ldi. Bungacha «Atletiko»ning safardagi eng yirik g‘alabasi 5 ta to‘p farqi bilan bo‘lgandi:

1922 yilda: «Ximnastik Espanyol» – 8:3.
1948 yilda: «Sporting Xixon»  – 7:2.

Manba: bombardir.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter