Lingard London klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Hujumkor yarim himoyachi Jessi Lingard «Vest Xem» bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashi mumkin. Evening Standard nashrining o‘z sahifalarida xabar berishicha, London klubi ayni paytda bunday imkoniyatni ko‘rib chiqmoqda.

30 yoshli Lingard «Nottingem Forest» bilan shartnomasi muddati tugagani sababli erkin agent sifatida qo‘yib yuborilganidan so‘ng, yaqinda «Vest Xem» bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Manbaga ko‘ra, Jessi yaxshi taassurot qoldira olgan. U 2021 yilda «Vest Xem»da ijara asosida o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, Jessi Lingard “Manchester Yunayted” akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter