Bentaleb «Lill» bilan shartnoma imzoladi

«Lill» o‘zining rasmiy saytida avvalroq «Anje»da o‘ynagan jazoirlik yarim himoyachi Nabil Bentalebning transferini e’lon qildi.

28 yoshli futbolchining fransuz klubi bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi «Anje» safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

E’tibor bering, Bentaleb «Anje»dan tashqari, avvalroq «Tottenxem», «Shalke» va «Nyukasl» klublarida ham o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter