Rasman. «Tottenxem» 19 yoshli argentinalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

«Tottenxem» matbuot xizmati Argentinaning «Rosario Sentral» klubi hujumchisi Alexo Veliz bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

«Shporlar» 19 yoshli futbolchi bilan 6 yillik kelishuvni rasmiylashtirishdi. Veliz «Tottenxem» safida 36-raqamli futbolkada o‘ynaydigan bo‘ldi. Argentinalik futbolchi Buyuk Britaniyada ishlash uchun ruxsatnomani qo‘lga kiritganidan keyin jamoa safiga qo‘shiladi.

Alexo Veliz Argentina chempionatining joriy mavsumida 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 gol muallifiga aylandi.

Manba: sports.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter