«Napoli» jamoa sardori bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzoladi

«Napoli» himoyachisi va sardori Jovanni Di Lorenso klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shartnoma 2028 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Di Lorenso 2019 yildan beri neapolliklar klubida o‘ynab kelmoqda. 30 yoshli himoyachi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter