APL klubi «Benfika» posboniga ko‘z tikkan
“Benfika” klubi darvozaboni Odissey Vlaxodimos faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
A Bola xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted»ning Gresiya terma jamoasining asosiy darvozaboni uchun raqobati «Nottingem Forest» bilan bo‘ladi. Xabarlarga ko‘ra, «burgutlar» darvozabonning transferi uchun kamida 10 million yevro, shuningdek, keyingi sotuvining foizini so‘ramoqda. «O‘rmonchilar» shuningdek, «Vulverxempton»dan Xose Sani sotib olishni ko‘rib chiqmoqdalar, ammo Vlaxodimos ustuvor variant hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Odissey 2018 yildan beri «Benfika» safida o‘ynab, Portugaliya chempionatida ikkita chempionlikni qo‘lga kiritgan. Transfermarkt portali 29 yoshli darvozabonning narxini 16 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/