Klopp: «Ba’zida bunday hikoyalar ham yozilishi kerak»

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 3-turida «Nyukasl» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi. Mersisaydliklar 2:1 hisobida g‘alabani tantana qilishdi.

«Yigitlar juda munosib o‘yin ko‘rsatishdi. Ba’zida bunday hikoyalar ham yozilishi kerak. Ammo, agar biz uchrashuvni to‘liq tarkibda yakunlaganimizda xursand bo‘lardim», – dedi nemis murabbiyi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi bo‘lim o‘rtalarida «Liverpul»ning gollandiyalik himoyachisi Virjil van Deyk maydondan chetlatilgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter