Boks bo‘yicha Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqalar taqvimi e’lon qilindi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi boks bo‘yicha Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqalar taqvimini rasman e’lon qildi. Unga ko‘ra, hamyurtlarimiz quyidagi lisenzion musobaqalarda Olimpiada yo‘llanmalari uchun kurash olib borishadi:

1. Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari

Musobaqa sanasi: 2023 yil, 23-sentyabr – 8 oktyabr
O‘ynaladigan lisenziyalar soni: 34 ta (14 ta erkaklar va 20 ta ayollar vazn toifalarida)

2. Busto-Arsisio (Italiya) jahon lisenzion turniri

Musobaqa sanasi: 2024 yil, 29 fevral – 12 mart
O‘ynaladigan lisenziyalar soni: 49 (28+21)

3. Bangkok (Tailand) jahon lisenzion turniri

Musobaqa sanasi: 2024 yil, 23 may – 3 iyun
O‘ynaladigan lisenziyalar soni: 51 (28+21).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter