«Inter Mayami» futbolchisi Messi va Buskest haqida fikr bildirdi

«Inter Mayami» yarim himoyachisi Robert Teylor Lionel Messi va Serxio Buskets bilan o‘yindagi his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ular jamoaga qo‘shilganida hammamiz biroz hayajonlangan edik. Albatta, Messini kiyinish xonasida birinchi marta ko‘rganimda: «Vau» degandim. Lekin men undan ham, Busketsdan ham qo‘rqmaganman, chunki ular juda yaxshi yigitlar, doim tabassum qilishadi.

Nima bo‘lganda ham, men har kuni ertalab mashg‘ulotlarga kelganimdan xursandman, chunki men bu o‘yinchilar bilan birga mashg‘ulot o‘tkazishim va ular bilan yaqin bo‘lishimni hamda ular meni yaxshiroq o‘yinchiga aylantira olishlarini bilaman. Hamma dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan o‘ynashni xohlaydi va bizda bu imtiyoz bor» – dedi Teylor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter