«Udineze» yarim himoyachisi A Seriyaning boshqa grandiga o‘tadi

«Udineze» yarim himoyachisi Lazar Samardjichga «Lasio» qiziqish bildirmoqda.

21 yoshli futbolchi deyarli «Inter»ga o‘tgandi, biroq yarim himoyachining o‘zgargan talablari tufayli kelishuv amalga oshmay qoldi.

Endilikda A Seriyaning yana bir grandi «Lasio» Samardjichni o‘z safiga tortishga kirishdi. Rimliklar «Udineze»ga serbni ijaraga olish taklifini yuborishdi va keyin uni sotib olish majburiyatini yukladilar.

Lazar Samardjichning transfer narxi 14 million yevroni tashkil qiladi. O‘tgan mavsumda futbolchi «Udineze» safida A Seriyada 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter