Benites «Real»ga mag‘lubiyat haqida: «Biz uch ochko yo‘qotdik»

«Selta» bosh murabbiyi Rafael Benites La Liganing 3-turi doirasidagi «Real»dan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.

«Vaziyatlar yaratgan bo‘lsak-da, uch ochko yo‘qotganimiz uchun yomon alam bilan ketyapmiz. Jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va men ham xuddi shu ruhda davom etishlarini istardim.

Golingiz bekor qilinganda, darvozangizga penalti qo‘yilganda va bitta xatoga yo‘l qo‘yganingizda «Real»ga yutqazishingiz tabiiy», – dedi Benites o‘yindan keyin.

«Selta» 1 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter