«Napoli» «Selta» futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

«Napoli» «Selta»ning ispaniyalik yarim himoyachisi Gabri Veyga uchun kurashga qo‘shildi.

Taniqli jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, «Napoli» yosh iqtidor sohibini 30 million yevroga sotib olish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishgan.

Xabarlarga ko‘ra, Veyganing hozirgi klubi boshliqlari bu taklifni rad etishgan. Chunki, «Selta» tovon puli sifatida 40 million yevro talab qilmoqda. Biroq, Romanoning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar davom etmoqda, chunki «Napoli» Veyga bilan shartnoma imzolamoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Gabri «Selta» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, barcha turnirlarda 55ta o‘yin o‘tkazib, 11ta gol va 4ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali 21 yoshli hujumkor futbolchining narxini 30 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter