Futbol tarixida kimga yillar davomida eng ko‘p pul to‘langan?

15 avgust kuni «Al-Hilol» Neymar bilan shartnoma imzoladi, shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan.

«PSJ» 31 yoshli braziliyalikning transferi uchun 90 dan 120 million yevrogacha (bonuslar bilan birga) oladi.

Bu kelishuv Parij klubi tarixidagi rekord bo‘ldi. Ushbu transfer Neymarni o‘z faoliyati davomida eng ko‘p pul to‘langan futbolchilar ro‘yxatida birinchi o‘ringa qo‘ydi.

Braziliyalik futbolchi 2017 yilda parijliklarga 222 million yevroga tushgandi. Avvalroq «Barselona» hujumchini «Santos»dan 88 million yevroga sotib olgandi.

Uning butun faoliyati davomidagi transferlarning umumiy summasi 400 million yevroni tashkil qilgan.

Avvalroq bu reytingda «Chelsi» hujumchisi Romelu Lukaku peshqadam bo‘lgandi, uning uchun jami 333,36 million yevro to‘langan. Endi u 2-qatorda.

Transferlar bo‘yicha eng qimmat futbolchilar uchligini «An-Nasr»ning portugaliyalik 38 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu yopdi – 247 million yevro.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter