Froyler Italiyaga qaytishi mumkin

«Bolonya» «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Remo Froylerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Mashhur jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, klublar shveysariyalik yarim himoyachining transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Mumkin bo‘lgan kelishuvning aniq shartlari hozircha oshkor etilmagan.

Froyler o‘tgan yilning iyul oyida «o‘rmonchilar» safiga kelib qo‘shilgan edi. Ilgari Remo Italiyada «Atalanta»da o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter