Karrager: «Bugun «Chelsi» «Liverpul»dan har jabhada yaxshiroq edi»

Jeymi Karrager «Liverpul»ni tanqid qildi. U jamoasining «Chelsi»ga qarshi ko‘rsatgan o‘yini haqida shunday deydi:

«Hozir «Chelsi» qaytadan shakllantirilmoqda. Ularda yangi murabbiy va yangi futbolchilar bor. Shunga qaramay, «Chelsi» bugun «Liverpul»dan yaxshiroq edi. Bunga shubha yo‘q.

Meni tashvishlantirgan narsa, bugun «Liverpul» himoyaviy jamoaga aylanib qoldi. Burchak zarbalaridan bir necha marta gol o‘tkazib yuborilishiga sal qoldi. Kloppga bitta tayanch yarim himoyachisi va markaziy himoyachi kerak ekan».

Manba: teamtalk.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter