«Liverpul» u uchun 70 million funt to‘lashi kerak

«Liverpul» yarim himoyachi sotib olishi kerak. Xabarlarga ko‘ra, Mersisayd klubi «Kristal Pelas» futbolchisi Sheyk Dukure uchun qancha to‘lashi kerak ekanini bilib olgan.

«Burgutlar» 23 yoshli yarim himoyachi bilan xayrlashish evaziga 70 million funt talab qilmoqda. Mali terma jamoasi a’zosi o‘tgan yozda xarid qilingan edi. Avvalroq «Liverpul»ning Rayan Gravenberxga qiziqish bildirgani haqida xabar qilingandi.

Manba: caughtoffside.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter