«Tottenxem» «Torino» futbolchisiga qiziqib qoldi

«Tottenxem Xotspur» himoyachi sotib oladi. Xabarlarga ko‘ra, «Torino» futbolchisi Perr Sxyurs ayni damda London klubi radarida turibdi. Niderlandiya terma jamoasi a’zosi o‘tgan yozda A seriyaga tashrib buyurib, turinliklar safida muhim figuraga aylangandi.

23 yoshli futbolchi bundan oldin «Kristal Pelas» bilan muzokaralar o‘tkazgan. Ayni damda hech bir klub Sxyurs bilan kelishuvga erishganicha yo‘q. Shu sabab «Tottenxem» bu borada o‘z omadini sinab ko‘rsa bo‘ladi.

Manba: caughtoffside.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter