Izidorning transferi qanchaga tushishi ma’lum bo‘ldi

Hujumchi Uilson Izidor vatani Fransiyaga qaytishi mumkin.

22 yoshli futbolchi «Marsel»ga o‘tishga yaqin turibdi. Agar ushbu transfer amalga oshsa, taxminan 7 million yevroni tashkil qiladi. Yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinadi.

Avvalroq, «Lokomotiv» Uilson Izidorni sog‘ligidagi muammolar tufayli APL 5-turi doirasida «Krasnodar»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini ma’lum qilgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter