Bunu «Al-Hilol»ga qanchaga tushishi ma’lum bo‘ldi

“Al-Hilol” “Sevilya” va Marokash terma jamoasi darvozaboni Yassin Bunu bilan shartnoma imzolaydi.

Insayder Fabrisio Romanoning fikricha, Saudiya klubi «Sevilya» bilan kelishuvga yaqin turibdi. Tomonlar oxirgi tafsilotlarni muhokama qilishmoqda – transfer summasi taxminan 18-19 million yevroni tashkil qiladi.

Oldinroq «Real Madrid» 32 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha «Sevilya» bilan muzokaralarni boshlagani haqida xabar berilgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter