«Inter»ning Arnautovich uchun to‘laydigan summasi ma’lum bo‘ldi

Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida Marko Arnautovichning «Bolonya»dan «Inter»ga o‘tishi haqidagi yangi tafsilotlar bilan bo‘lishdi.

Demak, milanliklar 34 yoshli avstriyalik hujumchi uchun 10 million yevro to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, avstriyalikning «Bolonya» bilan amaldagi shartnomasi yana ikki mavsumga mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda hujumchi A Seriyaning 21 ta o‘yinida jamoasi safida 10 ta gol va 1ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter