«Lids Yunayted» himoyani kuchaytirmoqchi

«Lids Yunayted» himoyadagi muammolarni hal qilishi kerak. Xabarlarga ko‘ra, jamoaning chap qanot futbolchisi Sem Bayrem jarohatlarga o‘ta  moil sanaladi. Shu sabab qanot futbolchisi xarid qilinishi kerak.

Ayni damda bu pozisiyada 19 yoshli Leo Elde ham o‘ynaydi. Ammo butun mavsum davomida yosh va tajribasiz futbolchiga ishonib bo‘lmaydi. Shu sabab Daniel Farke rahbariyatdan yangi xaridlarni talab qilmoqchi.

Manba: caughtoffside.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter