«Lids Yunayted» o‘z futbolchisi bilan xayrlashadi

«Lids Yunayted» o‘z futbolchisi bilan xayrlashadi. Xabarlarga ko‘ra, jamoa yarim himoyachisi Elder Koshta kuzga qadar yangi klubga o‘tishni istaydi. Bu haqida bosh murabbiy Daniel Farke fikr bildirar ekan, hech qanday futbolchi klubdan ustun bo‘la olmasligi, ketmoqchi bo‘lganlarga eshiklar ochiq ekani va jamoada faqat eng yaxshilar qolishini bildirdi.

Rahbariyat Koshtani qo‘yib yuborishdan xursand ekani aytilgan. Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumni ijara asosida «Al-Ittihod»da o‘tkazgan.

Manba: caughtoffside.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter