«Manchester Siti» himoyachisi Saudiya Arabistoniga ketishga tayyor

«Manchester Siti» himoyachisi Emerik Laport Saudiya Arabistoni Premyer-ligasiga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi Badr Farxon ijtimoiy tarmoq orqali.

Jurnalistga ma’lum bo‘lishicha, 29 yoshli futbolchi Saudiyaning nomi oshkor etilmagan klubi taklifini qabul qilgan. «Manchester Siti» ham o‘z navbatida Laportni sotishga tayyor. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Emerik inglizlar jamoasida 2018 yilning yanvaridan buyon o‘ynamoqda. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2025 yil iyun oyining oxirigacha hisoblanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter