Trubin tez orada yangi jamoaga o‘tadi

Anatoliy Trubin «Benfika»ga o‘tishi mumkin.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Portugaliya klubi rasman “Shaxtyor”ga 10 million yevro va yana 1 million bonus sifatida, shuningdek, qayta sotish summasining 40 foizini taklif qilgan. Tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi.

Darvozabonga 12 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan “Inter” ham da’vogarlik qildi.

O‘tgan mavsumda Trubin Ukraina chempionatida 28 ta o‘yin o‘tkazgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter