«Tottenxem»ning sobiq futbolchisi Braziliyaga yo‘l oldi
Insayder Fabrisio Romano «Tottenxem»ning sobiq vingeri Lukas Moura «San-Paulu» klubiga o‘tgani haqida xabar tarqatdi.
30 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnoma 2023 yilning dekabrigacha mo‘ljallangan.
Hujjatlar allaqachon imzolangan va tez orada transfer rasman e’lon qilinadi.
Transfer erkin agent sifatida amalga oshirildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/